HUQUQIY MASALALARDA NEGA AYNAN BIZGA ISHONISHINGIZ KERAK?
Bizning jamoa, huquq sohasining ko`p tarmoqlari bo`yicha faoliyat yuritamiz hamda jamoada yosh, intiluvchan, tajribali va holatlarga kreativ yondoshadigan mutahasislar jamlangan.
OILA HUQUQI
Oila, nikoh, otalik, onalik va bolalaik masalalarida huquqiy yordam ko`rsatish, oilaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilari manfaatlari yuzasidan xizmat ko`rsatish.
FUQAROLIK
Jismoniy va yuridik shaxslarning fuqorolik huquqiy munosabatlari masalalarida huquqiy yordam ko`rsatish, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish.
MOLIYA HUQUQI
Jismoniy va yuridik shaxslarga moliyaviy – huquqiy munosabat masalalari, moliya va iqtisod sohasidagi muammolar, soliq, yig`imlar, majburiy to`lovlar va boshqalar yuzasidan huquqiy yordam ko`rsatish.
MEHNAT HUQUQI
Jismoniy va yuridik shaxslar mehnat faoliyaitiningning huquqiy masalalarida yordam ko`rsatish, xodim va ish beruvchi o`rtasidagi masalalarda tomonlar manfaatini himoya qilish.
BIZNES HUQUQI
Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy masalalarida tadbirkorlarga, iste`molchilarga huquqiy yordam ko`rsatish, tomonlar manfaatlarini himoya qilish
INTELLEKTUAL MULK HUQUQI
Yaratuvchi va foydalanuvchi huquqlarini himoya qilish, intellektual mulk huquqiy munosabatlarida amaliy yordam ko`rsatish.
YANGILIKLAR & MAQOLALAR
Ma’muriy sudlar qanday masalalar yuzasidan ishlarni ko’radi?
Ma’muriy sudlarda quyidagi masalalar yuzasidan ishlar ko’riladi: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan…
Untitled
Jinoyat ishlari bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv joriy qilindi… “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–675, 18.02.2021 y.). Qonun bilan Jinoyat prosessual kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra: ● Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish;● Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv;● Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutlari joriy qilindi. ✅ Ko‘rsatuvlarni oldindan…
Ruhsat beruvchi hujjatlarni olish zamonaviylashtirilmoqda…
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalarida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha bo‘yicha keng jamoatchilikning takliflarini olish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Qonun loyihasi 6 ta bob va 111 ta moddadan iborat bo‘lib, quyidagi asosiy yangiliklarni o‘z ichiga olmoqda. Xususan: “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunni qo‘llash doirasi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish…
Sug’urta qilish sohalari va ularning turlari haqida…
Sug‘urta – keltirilishi mumkin bo‘lgan zararni maxsus sug’urta tashkilotiga to‘langan a’zolik to‘lovlari orqali qoplashni ta’minlash tushuniladi. Moddiy ma’noda sug‘urta – tabiiy ofatlar, baxtsiz xodisalar hamda ma’lum bir xodisalarning sodir bo‘lishi bilan keltirilgan zararni qoplash uchun foydalaniladigan maxsuslashtirilgan muassasalarning pul jamg‘armalaridan tashkil topadi. Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi: hayotni sug‘urta qilish – jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat…
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish…
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish — – ana shu o‘yinlar buyumlarini, shuningdek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida…
Intellektual mulk huquqi – davlat muhofazasida
Qonunchiligimizga asosan, quyidagi Intellektual mulk obyektlari davlat tomonidan huquqiy muhofaza qilinadi: Intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot va san’at asarlari; ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor…
“Konstitutsiya – har bir shaxsning umuminsoniy erki hamda huquqiy hayotining faxridir”
Shu kunga kelib, mamlakatimiz qonunchiligi poydevori, Konstitutsiyamizning qabul qilinganligiga 28 yil bo‘ldi. Mamlakatimiz qonunchiligi o‘zagi sanalgan Konstitutsiyamiz “mustaqillik qomusi” deya atalib, xalqimizning umuminsoniy qarashlari ramziga aylandi. Konstitutsiyamiz yaratilish tarixiga nazar solar ekanmiz, uning yaratilishida mamlakatimizning uch ming yillik davlatchilik tajribasiga va manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta…
1 Dekabrdan nimalar o’zgaradi?
1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi. 2020 yil 1 dekabrdan: •ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi; •huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan ma’muriy jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lash rag‘batlantiriladi. 2. Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash joriy etiladi. Bosqichma-bosqich bakalavriat…

“Adolatsizlik har yerda adolatga tahdid soladi.”
— Abdulhayjon Azamov

SIZGA NIMA UCHUN YORDAM BERAMIZ?
Biz har doim va har yerda adolat qaror topishi tarafdorimiz!