Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev o’zining quyidagi fikrlarini Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari bilan o’rtoqlashdi:
1) Sudlarda asosan Konstitutsiya normalariga e’tibor qaratilmay amalda qonun osti hujjatlari va yo’riqnomalar bilan faoliyat yuritayotgani haqida;
2) Fuqarolardan, shu jumladan universitet talabalaridan davlat organlarining faoliyatiga e’tibor qaratib shaxsiy munosabatlarni ifoda etib borishlari muhimligi haqida;
3) Prezident tashabbusida ilgari surilgan loyihalarning qamrov doirasi loyiha ijrosi bilan shug’ullanuvchi organlar va uning xodimlari tomonidan qisqartirilgan tarzda amaliyotga tatbiq qilinayotgani haqida;
4) Sud tarmog’ida qonunchilikni qo’llashda duch kelinadigan qonunchilik kamchiliklar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga takliflar miqdori kamligi va kiritilgan takliflar ham asosan o’z sohalari yuzasidan ekanligi haqida.
(Fikrimizcha, qonunchilikdagi kamchiliklarni “his qiladigan”, bu bo’yicha nizolarni hal qiladigan organ sud tarmog’i sanaladi. Shundan kelib chiqib aslida ko’plab munosabatlar bo’yicha qonunchilikdagi bo’shliqlar yuzasidan takliflar asosan sud hokimiyati tarmog’idan bo’lishi lozim.)
