Sug‘urta – keltirilishi mumkin bo‘lgan zararni maxsus sug’urta tashkilotiga to‘langan a’zolik to‘lovlari orqali qoplashni ta’minlash tushuniladi.
Moddiy ma’noda sug‘urta – tabiiy ofatlar, baxtsiz xodisalar hamda ma’lum bir xodisalarning sodir bo‘lishi bilan keltirilgan zararni qoplash uchun foydalaniladigan maxsuslashtirilgan muassasalarning pul jamg‘armalaridan tashkil topadi.
Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:
- hayotni sug‘urta qilish – jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilishni o’z ichiga oladi. Bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi;
- umumiy sug‘urta – shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlarini o’z ichiga oladi.
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Batafsil: Sug’urta turlari
Manba: Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun
Muallif: Abdulhay Azamov Baxtiyorjon o’g’li