Pul – siz xohlagan hamma narsaga aylanishi mumkin…
Robert Kiyosaki o’zining “Sarmoya tikish san’ati” nomli kitobida bu haqida shunday deydi:
“Agar biror kishi “pul topish qiyin”desa, chindan ham uni topish qiyin bo’ladi. Agar odam “boy bo’lishning yagona yo’li – juda ko’p mehnat qilish” desa, albatta, niyatiga yetadi va u tinmay mehnat qilaveradi. “Agar meni pulim ko’p bo’lganida bankka qo’ygan bo’laardim. Chunki men ularni nima qilishni bilmayman” desa ham, aynan shunday bo’ladi. “Sarmoya tikish tavakkalchilik” desangiz, albatta, bu tavakkalchilik bo’ladi.”
Aytishimiz mumkinki, Robert Kiyosaki pul bilan, sarmoya tikish bilan bog’liq ishni, avvalo, ma’nan tayyorgarlik ko’rishdan boshlash kerakligini aytib o’tadi.
Tavakkalchilik haqida esa shunday deydi:
“Agar siz tavakkal qilishni istamasangiz, demak, siz o’rganishni istamayapsiz. Agar siz nima qilayotganingizni bilsangiz, tavakkalchilik unchalik katta bo’lmaydi.”