Davlat qarzi – bu davlat tomonidan ichki yoki tashqi mablag’larni jalb qilish yoxud mablag’larni qarz oluvchilarga berilishi natijasida vujudga keladigan majburiyatlarning yig’indisidir.
Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan, ya’ni rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan, ya’ni xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.
Bir so’z bilan aytganda, davlat krediti (qarzi) vujudga kelishi natijasida davlat qarz oluvchi ham, qarz oluvchi rezident-yuridik va jismoniy shaxslarning qarzlarini to’lashiga kafil ham bo’la oladi.
Jalb qilingan mablag’lar hisobidan shakllantirilgan davlat krediti (qarzi) quyidagi maqsadlarga yo’naltiriladi: